Jahon | 20:47 / 15.05.2016
5303
1 daqiqa o‘qiladi
Misrda orollar berib yuborilganiga norozilik bildirganlar sudlandi
Misr sudi Misr hukumatining Qizil dengizdagi Tiran va Sanafir orollarini Saudiya Arabistoniga berish qaroriga qarshi norozilik bildirgan 152 kishiga nisbatan jazo hukmi chiqardi, deb yozmoqda Egypt Independent nashri.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, sud 101 kishiga 5 yillik, 51 kishiga esa 2 yillik qamoq jazosi berdi.
Sud manbalarining ma'lum qilishicha, barcha hibsga olingan namoyishchilar ichki ishlar vazirligini ogohlantirmasdan namoyish o‘tkazmaslik qonunini buzganlikda ayblandilar.
Ta'kidlanishicha, Qohirada 25 apreldagi hukumat qaroriga qarshi namoyishlarni bostirish uchun yuzlab politsiyachilar jalb qilingandi.