Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rositski bugun "Arsenal" safidagi oxirgi uchrashuvini o‘tkazadi
Angliya chempionatining mavsumdagi oxirgi, 38-turida "Arsenal" va "Aston Villa" jamoalari o‘rtasida kechadigan bahs chexiyalik yarimhimoyachi Tomash Rositski uchun londonliklar klubi safida oxirgisi bo‘ladi. Bu haqda jamoaning boshqa bir futbolchisi Jyek Uilsher o‘z Instagram sahifasida yozib qoldirgan va 35 yoshli futbolchiga kelgusi faoliyatida omadlar tilagan.
"Arsenal"ga Rositski 2006 yili Dortmundning "Borussiya" jamoasi safidan kelib qo‘shilgan. "Kanonirlar" tarkibida futbolchi 2 marta Angliya Kubogini va bir marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan. Joriy mavsumda Rositski jamoaning faqat birgina uchrashuvida ishtirok etdi. Bunga u ketma-ket jarohatlar olishi sabab bo‘ldi.