Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Salvador prezidenti Braziliyaning yangi hukumatini tan olmadi
Salvador prezidenti Sanches Serenning ma'lum qilishicha, uning mamlakatida Braziliyaning Mishel Temer boshchiligidagi yangi hukumat tan olinmaydi va bu mamlakatdan Salvador elchisi chaqirib olindi. Bu haqda teleSUR xabar tarqatgan.
Prezidentning aytishicha, Braziliyada harbiy to‘ntarishga o‘xshash holat yuz berdi. U Salvador «demokratiya va fuqarolar irodasiga hurmat bilan qarashini» bildirib o‘tgan.
Salvador Braziliya prezidenti Russefning impichment orqali hukumatdan chetlatilishiga tanqidiy ko‘z bilan munosabat bildirgan birinchi mamlakat emas. Ekvador, Boliviya, Venesuela kabi Janubiy Amerika qit'asi davlatlari bu qarorni tanqid qilib, Braziliyadagi o‘z elchilarini chaqirib olishgan.
Ayni vaqtda Braziyaliyaning yangi hukumatini qo‘llab-quvvatlab chiqqan yagona mamlakat Argentina bo‘lib turibdi.
Bundan oldinroq, 13 may kuni Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hukumati maslahatlashuv uchun o‘z elchisini Braziliyadan chaqirib olishini ma'lum qilgan edi.