O‘zbekiston | 19:07 / 16.05.2016
7039
1 daqiqa o‘qiladi

26-28 may kunlari O‘zbekiston bo‘ylab "Kitob bayrami" tashkil etiladi

“Kitob bayrami” 26-28 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlarida hamda Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

“Adabiyotga e'tibor – ma'naviyatga, kelajakka e'tibor” shiori ostidagi ushbu bayram sayl tarzida bo‘lib, unda adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy hamda ensiklopedik yo‘nalishdagi kitoblarning taqdimotlari, “Sog‘lom ona va bola” Davlat dasturida belgilangan vazifalar targ‘ibotiga bag‘ishlangan nashrlar namoyishi bo‘lib o‘tadi.
30 may kuni “Kitob bayrami” doirasida “Kitob – millatning bebaho madaniy va ma'naviy merosi” mavzuidagi IV ilmiy-amaliy konferensiya ham o‘tkaziladi.

Bayramlarga tashrif buyurish bepul.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish