Jamiyat | 19:56 / 16.05.2016
9112
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda navbatdagi ulkan murdagul gulladi

Noyob murdagul hisoblanmish mortitsiya - 100 kilogrammli vazn, uch metrli gulkosa diametriga ega gigant - Texasdagi Galveston shahridagi bog‘da gulladi. Bu haqida matbuot xizmati xabar berdi.

Bu dunyodagi eng yirik gul, uning kamdan-kam gullashi diqqatga sazovor hodisa hisoblanadi; ba'zan u 100 yilda bir ochiladi. O‘tgan safar bu gul 2012 yil AQShdagi Kornell universiteti bog‘ida gullagan. 

Tabiat qo‘ynida amorfofallus qachonlardir faqat Sumatra orolida gullagan, biroq gulni ajabtovur ko‘rinishi va g‘alati hidi tufayli "murdagul", "ilon palmasi" deb atagan aborigenlar tomonidan deyarli yo‘q qilingan. 

Murdagullar gullash davri juda qisqa, ular atigi 2-4 kun gullaydi. Gullash sikli o‘rtasidagi vaqt ikki yildan yigirma yilgacha cho‘zilishi mumkin, shu bois bog‘bonlar ularning mortitsiyasi to‘rt yilda ochilganiga juda xursand bo‘lishdi. 

Moody Gardens rahbariyati mamlakat ziyoratchilari bu noyob guldan bahramand bo‘lishi uchun ushbu hafta botanika bog‘ining murdagul gullagan qismida ish soatlarini biroz uzaytirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish