Amerikalik paypog‘iga yashirgan pistoletidan o‘z oyog‘iga o‘q uzdi
Amerikalik erkak paypog‘iga yashirilgan pistolet orqali o‘z oyog‘iga o‘q uzib qo‘ydi. Bu haqda The Guardian xabar qildi.
Voqea Kanzas shtatining Ogasta shahrida maktabni tamomlash marosimida yuz berdi. Tashrif buyurganlar futbol stadionida o‘z joylarini egallay boshlaganda, o‘q ovozi yangragan.
Keyinroq, jabrlanuvchining o‘zi aybdor ekani ma'lum bo‘ldi. U oyog‘idagi pistoletni qulayroq joylashtirmoqchi bo‘lgandi.
Ogasta politsiyasi rahbari Tayler Bryuyerning aytishicha, o‘q tasofan uzilgan, voqeaning o‘zi esa “ahmoqona tushunmovchilik” bo‘lgan.
O‘q erkakning oyog‘ini teshib o‘tib, tadbirga kelgan bir ayolning boldir mushaklariga tekkan va 15 metr uzoqlikka borib tushgan.
Jarohatlar yengil bo‘lib chiqdi – ayolga yordam ko‘rsatib, uyiga ruxsat berishdi. Erkak esa yaradorlikdan keyin mashinaga o‘tirib, gospitalgacha mashinani o‘zi boshqarib borgan.