Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 11:50 / 16.05.2016
4281
1 daqiqa o‘qiladi
Bolgariya bosh vaziri O‘zbekistonga ishchi tashrif bilan keladi
2016 yilning 17 may kuni O‘zbekistonga Bolgariya Respublikasi bosh vaziri Boyko Borisov ishchi tashrif bilan keladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.
Tashrif chog‘ida Boyko Borisovning O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuvi rejalashtirilmoqda.
Bolgariya delegatsiyasi tashrif dasturi doirasida, shuningdek, «O‘zbekiston neft va gazi» XX xalqaro ko‘rgazma ochilish marosimida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish