Jahon | 10:59 / 16.05.2016
3157
2 daqiqa o‘qiladi

Filippin yangi prezidenti o‘lim jazosini qaytarishga va'da bermoqda

O‘tgan haftada Filippin prezidenti etib saylangan Rodrigo Duterte, mamlakat Jinoyat Kodeksiga o‘lim jazosini qaytarish hamda xavfsizlik kuchlarining jinoyatchilarga nisbatan o‘t ochish huquqini tiklashga va'da beryapti, deb xabar qilmoqda «Bi-bi-si».

Qayd etilishicha, bular mamlakat yangi yetakchisining ilk tashabbuslari emas. U bundan avval, alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini taqiqlash niyatini bildirgan edi. Shuningdek, uning fikricha, mamlakat bolalariga "komendantlik soati" joriy etilishi lozim. 

Filippin respublikasi 2006 yilda o‘lim jazosini bekor qilgan. Dutertening aytishicha, u mamlakat kongressidan osib o‘ldirishni tiklashni talab qiladi. 

Shu bilan birga, mamlakat huquq-tartibot idoralari va xavfsizlik kuchlari, mabodo jinoyatchi yoki uyushgan jinoyatchilikka aloqador shaxslar hibsga olishga qarshilik qilgudek bo‘lsa, o‘t ochish huquqiga ega bo‘lishlari mumkin, degan mamlakat prezidenti.  

BMT yanvar oyida Saudiya Arabistoni podshohligiga murojaat qilib, o‘lim jazosiga moratoriy joriy qilishni so‘ragan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish