Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Floridada akula qizning qo‘lini tishlab olgach, uzoq vaqt qo‘yib yubormadi
16 may kuni Florida shtati qirg‘og‘ida cho‘milayotgan ayolning qo‘lini mo‘ylovli akula-enaga tishlab oldi. Voqeaning o‘ziga xosligi shundaki, akula qizning qo‘lini qo‘yib yubormagan. Hatto shifoxonaga yetkazilgan paytda ham 23 yashar qiz qo‘llarini akula tishlagan holda kelgan.
Jabrlanuvchiga Boka nomli mahalliy shifoxonada yordam ko‘rsatilgan, u ahvoli yaxshilangach uyiga javob berilgan. Bu haqda yong‘in-qutqaruv xizmati matbuot kotibi Bob Lemonz The Palm Beach Post nashriga xabar qildi.

Yo‘lovchi yigit 2 futli (taxminan 0,6 metr) o‘tkir tish baliqni urib nobud qilgan. Biroq shunda ham baliqni qo‘ldan ajratib olishning iloji bo‘lmagan.
Mo‘ylovli akula-enaga kamdan-kam holatlarda insonlarga hujum qiladi. Baliqning tishlari juda o‘tkir. Hamla qilib tishlasa, bir necha daqiqagacha qo‘yib yubormaydi. Biroq tishlarining hajmi tufayli teriga chuqur kirmaydi.