Jahon | 20:23 / 16.05.2016
3801
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya tashqi ishlar vazirligi Liviyaga 4,5 mln yevro taqdim qiladi

Germaniya tashqi ishlar vazirligi Liviyadagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun yo‘naltirilishi mo‘ljallanayotgan Xalqaro migratsiya tashkilotiga 4,5 mln yevro taqdim qiladi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

Germaniya tashqi ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, loyihaning maqsadi ichki ko‘chirilgan shaxslar, qochqinlar, muhojirlar va ularni qabul qiluvchi jamoalar hisoblanadi. Loyihaning amalga oshirilishi may oyida boshlanadi.  

Tadbirlarni Liviyaning janubida, Niger va Chad bilan chyayegarasida amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Unda asosiy infratuzilmaning tiklanishi, oilalar uchun markazlar yaratish, professional ta'lim sohasida ko‘mak ko‘rsatish, kichik biznesni rivojlantirish, mahalliy kuchlar, notijorat tashkilotlari va jamoalar o‘rtasida suhbatlashuv hisobiga  tinchlik jarayoniga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan. 

Iyunda Liviyaning qolgan qismlarida ham ichki ko‘chirilganlarni qo‘llab-quvvatlash loyihasini amalga oshirish uchun yana 1 mln yevro ajratish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Germaniya Liviyadan qochqinlar oqimi ko‘payishidan xavotirlanayotgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish