Jahon | 15:53 / 16.05.2016
3389
2 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada ko‘chki va sel oqibatida olti nafar talaba halok bo‘ldi

Indoneziya g‘arbiy hududidagi sharshara yaqinidagi suv suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 6 nafar talaba halok bo‘ldi. 15 nafar odam bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi. 

Halokat Indoneziyaning Shimoliy Sumatra provinsiyasi Air Terjun Dua Warna sharsharasi atrofida sodir bo‘ldi. Hukumat ma'lumotiga ko‘ra, sharsharaga 70 nafar talabadan iborat guruh tashrif buyurgan. Ko‘chkilar va sel oqibatida ulardan 21 nafari bedarak yo‘qolgan. 

Indoneziya favqulodda holatlar bo‘yicha agentligi vakili Darvin Surbakti dushanba kuni qutqaruvchilar 6 nafar talabaning jasadini topishdi. Qolganlarni qutqarish uchun taxminan 150 nafar qutqaruvchi, harbiylar, politsiyachilar va ko‘ngillilar jalb etildi. 

Sinxua agentligi xabariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida Indoneziya kurortiga tashrif buyuruvchilardan 7 nafari nobud bo‘lgan, 14 nafari bedarak yo‘qolgan. 

Mavsumiy yomg‘irlar Indoneziyada har yili sel va ko‘chkilarga sabab bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish