Jamiyat | 23:14 / 16.05.2016
7581
1 daqiqa o‘qiladi

Itni o‘lasi qilib urgan eronlik 74 marta qamchilanadigan bo‘ldi

Eronda itni vahshiylarcha o‘ldirgan erkak 74 marta qamchilanadigan bo‘ldi, deb yozmoqda Daily Mail nashri.

Politsiyaga kelib tushgan videoda erkak itni bir necha bor avtomobilga qarab uloqtirgani, so‘ngra uni belkurak bilan urishda davom etgani qayd qilingan.

Ushbu video internetda juda ommalashib ketdi.  

Gumonlanuvchi yil boshida Eronning Ardebil viloyatida atrof-muhitni muhofaza qilish mahalliy bo‘limining shikoyatidan keyin hibsga olingan.

Sud shuningdek erkakka bir yil davomida hayvonlarni parvarishlash kurslariga borish majburiyatini qo‘ydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish