Sport | 18:32 / 16.05.2016
23324
1 daqiqa o‘qiladi
Kurash bo‘yicha Rossiya birinchiligida kurash qoidalariga zid jang sodir bo‘ldi
Erkin kurash bo‘yicha Stariy Oskolda bo‘lib o‘tayotgan Rossiya birinchiligi ishtirokchisi o‘zining sparring raqibiga boshqacha uslubda hujum qilgan.
Videolavhadan ko‘rish mumkinki, musobaqalarda ishtirok etayotganlardan kamida birida pistolet bo‘lgan. Tashkilotchilar vakillari bir daqiqa ichida urushayotganlarni ajratib, politsiyani chaqirishga ulgurgan.
Videolavha mualliflarining ta'kidlashicha, ur-to‘polonni keltirib chiqargan kurashchi va pistoletli kishi Checheniston jamoasi vakillari bo‘lgan.
«Hozirda Stariy Oskol politsiyasi hodisaga oydinlik kiritmoqda. Ayblanuvchilar topilib, ularning harakatlariga huquqiy jihatdan baho beriladi», — deb mintaqaviy IIB matbuot xizmati rahbari Aleksey Goncharuk so‘zlarini keltiradi Fonar.tv.