"Lukoyl" rahbari 50 metrlik yaxtasini sotib yubordi
Rossiyaning "Lukoyl" rahbari va asosiy egasi Vagit Alekperov o‘ziga tegishli 50 metrlik Galactica yaxtasini sotib yubordi, deb xabar bermoqda Forbes nashri.
Yaxta o‘tgan yilning martida 21 mln yevroga sotuvga qo‘yilgandi, biroq joriy yilning fevralida narxi tushirilgandan keyin 19,5 mln yevroga sotildi. itBoat yaxta kompaniyasi asoschisi Nikita Gorchakov Forbes’ga yaxta "o‘zining kichikligi" sababli sotilganini ma'lum qildi.
Alekperov uchun yaxta Gollandiyaning Heesen Yachts verfida qurilgan. Alekperov bu verfni uning asoschisi Frans Xisendan 100 mln dollarga sotib olgandi. Yaxta 2009 yilda suvga tushirilgan.
Ayni vaqtda Alekperov uchun yangi Galactica Super Nova yaxtasi qurilmoqda.
Aprelda yana bir rossiyalik milliarder Mixail Proxorov 61 metrlik Solemar yaxtasini sotgandi. Yaxta sotilgan narx va uni kim sotib olgani oshkor qilinmagan, biroq yaxta Yachting Partners International brokerlik firmasi tomonidan 27,5 mln yevroga taklif qilingandi.