Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Yunayted» - «Bornmut» uchrashuvi 17 may kuni o‘tkaziladi
Angliya Premer-ligasining oxirgi turidan qoldirilgan «Manchester Yunayted» — «Bornmut» uchrashuvi 17 may kuni o‘tkaziladi.
Bu uchrashuv 15 may kuni turninn barcha uchrashuvlari kabi Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanishi kerak bo‘lgan, ammo tribunalardan biri hududidan topilgan shubhali buyum tufayli muxlislar evakuatsiya qilinib, o‘yin noma'lum muddatga qoldirilgandi.
«Manchester Yunayted» jamoasining tvitterdagi sahifasida keltirilishicha, uchrashuv 17 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.
Qayd etish kerakki, «qizil iblislar» turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilish uchun faqat nazariy jihatdan imkoniyat saqlab turibdi. Ayni vaqtda to‘rtinchi o‘rinni egallab turgan «Manchester Siti»ni quvib o‘tish va keyingi mavsumda YeChLda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritish uchun Lui van Gaal shogirdlari oxirgi uchrashuvda kamida 19ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishi talab etiladi.