Jahon | 10:49 / 16.05.2016
5962
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Xitoylik talaba Kanadada 31,1 millionlik "qasr" sotib oldi

Xitoylik talabaning Point Grey saroyini 31,1 millionga sotib olgani haqidagi yangilik Vankuver ahlini o‘ylantirib qo‘ydi. "Xuantsyu shibao" gazetasining ma'lum qilishicha, xitoylik internet foydalaunvchilarining bir qismi ushbu xaridni "omadli" deb topdi.

Vankuverdagi eng qimmat ko‘chmas mulk obektlari orasida 16-o‘rinni band etgan Point Grey nomli dang‘illama hovlini XXR fuqarosi Tyan Yuychjou qo‘lga kiritgan. Uyning maydoni 1,3 ming kvadrat metr, bundan tashqari 0,69 gektar yer ham unga qarashli. Uyning ichida beshta yotoqxona, sakkizta yuvinish xonasi va boshqa ko‘plab xonalar bor.

Xaridor xarid narxi va talabaligi bois Kanada va Xitoy OAV diqqatini tortdi. Harholda uyni rasmiylashtirish paytida u shunday ma'lumot qoldirgan.

Bu voqeadan so‘ng kanadaliklar o‘z hukumatining ko‘chmas mulk qiymatining o‘sishi bilan kurashuvchi choralarining samaradorligiga shubha qila boshlashdi.

O‘z navbatida, xitoylik internet foydalanuvchilari ikki guruhga ajralishdi: bir tomon talaba pul "o‘marish" tizimiga jalb qilinganligi to‘g‘risidagi fikrlarni aytsa, foydalanuvchilarning boshqa guruhi Tyan Yuychjou omadli xaridni amalga oshirganini bildirdi.

"Biznesda omadi chopgan oilalar bunday bahodagi uylarni sotib olishi ajablanarli emas. Agar elementar hisob-kitob qilinsa, saroyning bir kvadrat metri 3523 dollarga teng. Bu Shanxay yoki Pekindagidan ancha arzon demakdir", - deydi internet foydalanuvchilaridan biri.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish