Sport | 09:05 / 16.05.2016
4788
1 daqiqa o‘qiladi

«Old Trafford» stadionidagi shubhali buyum bomba maketi bo‘lib chiqdi

15 may kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan «Manchester Yunayted» — Bornmut» uchrashuvining qoldirishiga sabab bo‘lgan shubhali buyum bomba maketi ekani aniqlandi.

«Sinchikovlik bilan olib borilgan tekshiruvlar natijasida ma'lum bo‘lishicha, bu portlovchi qurilma maketi ekani aniqlandi. Stadionda tekshiruvlar davom etmoqda», deya mahalliy politsiya so‘zlarini keltiradi Reuters.

DailyMail xabariga ko‘ra, bu maket (telefonga ulangan) 1 hafta oldin o‘tkazilgan mashg‘ulot vaqtida stadion hojatxonasida unutib qoldirilgan.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha bu buyum haqiqiy bombaga haddan tashqari o‘xshab ketardi.

Bundan oldinroq, Sapyorlar stadiondagi shubhali buyumni portlatib yo‘q qilishgani haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish