Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Smartfoni ortidan Venetsiyadagi kanalga sakragan sayyohni suvdan olib chiqishdi
Venetsiyada politsiyachilar o‘z smartfonini olish uchun kanalga sakragan sayyohni qutqarib qolishdi. Sayyoh qiz selfi suratga tushayotib, tasodifan telefonini suvga tushirib yubordi. Shundan so‘ng, u qurilmani olish uchun suvga sho‘ng‘igan.
Biroq uning smartfonni topish uchun qilgan harakati omadli yakunlanmadi. Oxir-oqibat, qiz qirg‘oqqa suzib keldi va uni politsiyachilar qutqarib olishdi.
Guvohlar tomonidan olingan video italyan ijtimoiy tarmoqlarida mashhur bo‘lib ketdi. Sababi, mahalliy aholi mazkur kanalda hech qachon suzmagan – u Yevropadagi eng iflos suv sanaladi. Kanalga turar-joy va ko‘chalardagi ishlatib bo‘lingan oqava suvlar qo‘shilgan: ekspertlar fikriga ko‘ra, shahar bu kanalga inson tomonidan ishlatilgan chiqindilarning 90 foizini yuboradi.
So‘nggi ikki yil ichida kanal suvi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar unda inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan ko‘plab viruslar, jumladan, gepatit A mavjudligini ko‘rsatadi.