Texnologiya | 19:20 / 16.05.2016
4650
1 daqiqa o‘qiladi

Uorren Baffet Apple aksiyadori bo‘lib chiqdi

Uorren Baffetga tegishli Berkshire Hathaway korporatsiyasi 2016 yilning birinchi choragi yakuniga ko‘ra, Apple kompaniyasining 9,81 million aksiyalari unga tegishli ekanini ma'lum qildi. Bu haqda Business Insider xabar qildi

Bloomberg ma'lumoti bo‘yicha, Apple korporatsiyasi aksionerlari orasida Berkshire Hathaway 56-o‘rinni egallaydi. 

Aniqlanishicha, Apple aksiyalari Uorren Baffet kompaniyasi to‘g‘risidagi yangilik evaziga 2 foizga oshdi.

2012 yili Berkshire Hathaway aksiyadorlari yig‘ilishida Baffet Apple va Google’ga investitsiya kiritish niyati yo‘qligini bildirgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish