Jahon | 23:44 / 17.05.2016
3209
1 daqiqa o‘qiladi

Avstriyada yangi kansler tayinlandi

Avstriyada Kristian Kern yangi kansler etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Yevropa OAV.

Avstriya prezidenti Xaynts Fisher hukumatning yangi rahbaridan qasamyod qabul qilib, "Siz buyuk va ajoyib, biroq shu bilan birga katta javobgarlik sohasiga ega murakkab rolga kirmoqdasiz", deb aytdi.  

Kristian Kern bir necha yil "Avstriya temir yo‘llari" davlat kompaniyasini boshqarib kelgan.

U iste'foga ketgan Verner Faymanning o‘rniga keldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish