Iqtisodiyot | 12:12 / 17.05.2016
5440
2 daqiqa o‘qiladi

"Gazprom" Turkiyaga gaz eksportini kamaytirdi

Rossiyaning "Gazprom" davlat korporatsiyasi turkiyalik gaz importchilari voqeasidan so‘ng joriy yilning birinchi choragida Turkiyaga gaz o‘tkazishni 15 foizga pasaytirdi. "Interfaks"ning ma'lumotiga ko‘ra "Gazprom" Turkiyaga 6,419 milliard kub metr gaz o‘tkazdi.

2016 yilning mart oyi boshida turklarning Enerco Enerji kompaniyasi "Gazprom"ning yetkazilayotgan gaz bahosini darhol ko‘tarish va shu munosabat bilan gaz o‘tkazishning qisqartirilishi talabi haqida ma'lum qilgandi. Keyinroq boshqa turk eksportchilari ham bunga qo‘shilishdi. Bir yarim oydan so‘ng "Gazprom" va Turkiyaning gaz kompaniyalari Rossiya gazining tarifiga oid barcha bahsli masalalarni hal qilib olishdi. 

Hisobotdan shuningdek "Gazprom"ning Ukrainaga deyarli 1 milliard kub metr hajmda gaz o‘tkazishi to‘g‘risidagi ma'lumot ham o‘rin olgan. Gaz mamlakatning janubi-sharqiy hududiga o‘tkazilgani haqida xabar berilgan. 

Qayd etish kerakki, "Naftogaz Ukrainy" statistikasida "Gazprom"dan gaz sotib olinganligi haqidagi ma'lumot aks etmagan.