Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Londondagi 90 milliard dollarlik oltin omborxonasini xarid qiladi
Bank aktivlari bo‘yicha dunyoning eng yirik moliya muassasasi hisoblanuvchi Xitoyning ICBC Standard Bank (Xitoy Sanoat va Tijorat banki MChJ) Barclays bankining qimmatbaho metallar saqlash biznesi, shu jumladan, Londondagi zamonaviy saqlash inshootini xarid qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar qilmoqda money.cnn.com sayti.
Mazkur bitim, Xitoyning London oltin bozoriga kirish imkonini beradi va mamlakatning jahon oltin biznesidagi o‘rnini mustahkamlaydi.
London shahridagi joylashgan o‘rni sir tutiladigan oltin omborxonasida 2000 tonna tilla va boshqa qimmatbaho metallar, ya'ni jami qiymati 90 mlrd dollarlik boylikni saqlash mumkin.
Bundan avval, Barclays boshqaruvi qimmatbaho metallar biznesini tark etayotgani xususida ma'lum qilgan edi. Bank o‘z inshootini 2012 yilda ochgandi.
Mazkur savdo bitimining moliyaviy jihatlari oshkor qilinmayapti.