Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lester» chempionligini nishonlash paradi vaqtida ko‘chalarga 250 ming muxlis chiqdi
16 may kuni Lester shahri ko‘chalarida joriy mavsumda APL chempionligini qo‘lga kiritgan mahalliy «Lester» klubining chempionlikni nishonlash marosimlari doirasida katta parad bo‘lib o‘tdi. Jamoa avtobusi shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab harakatlangan va futbolchilar shahar markazidagi Viktoriya xiyoboniga o‘rnatilgan katta sahnaga olib borilgan. «Lester» jamoasining rasmiy sayti ma'lumotiga ko‘ra, chempionlik paradida ishtirok etish uchun ko‘chalarga 250 ming atrofidagi muxlis chiqqan.


Xiyobondagi katta ekran orqali «Lester»ning mavsumdagi eng ajoyib lahzalari hamda «tulkilar» bosh murabbiyi Klaudio Ranerining iqtiboslari namoyish etilgan.


Musiqiy qo‘llab-quvvatlash Kasabian rok-guruhi tomonidan amalga oshirildi. Ushbu guruh a'zolari ham Lester shahrida tug‘ilgan.





