Jamiyat | 19:10 / 17.05.2016
4012
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada kitobning 1 kilosiga 7 rubldan to‘lanmoqda

Moskva shahrida, "Strogino" metro bekatidagi texnopark hududida kitoblarni qabul qilish punkti ochildi.

"Rossiyskaya gazeta" nashrining loyiha muallifi Ruslan Sabitovga asoslanib xabar qilishicha, faqat yaxshi saqlangan kitoblar qabul qilinadi. Punktda kitoblarning 1 kilogrammi uchun 7 rubldan to‘lash joriy etilgan.

Qayd etilishicha, qabul qilingan kitoblarning bir qismi sotuvga chiqariladi, asosiy qismi esa ijtimoiy muassasalar, kutubxonalar, bolalar uylari hamda qamoqxonalarga tarqatiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish