Jamiyat | 07:13 / 17.05.2016
5634
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya prezidenti "Yevrovideniye" g‘olibini shaxsan tabrikladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an "Yevrovideniye-2016" tanlovining g‘olibi, ukrainalik qo‘shiqchi Jamalani bu g‘alaba bilan tabrikladi, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi.

Turkiya prezidenti ma'muriyatidagi manbalarning aytishicha, Erdo‘g‘an 16 may kuni ertalab qo‘shiqchiga telefon qilib, unga keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan. Jamala minnatdorchilik bildirib, Turkiya prezidentining tabrigidan ta'sirlanganini aytgan.  

Jamala tanlovda qrim tatarlarning Ikkinchi jahon urushidagi deportatsiyasi haqida "1944" deb nomlangan qo‘shig‘i bilan 1-o‘rin egalladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish