O‘zbekiston Milliy banki Seulda muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Bank boshqaruvi raisi Saidahmat Rahimovning Koreya respublikasiga tashrifi natijasi haqida ma'lum qilmoqda.
S. Rahimov 2016 yil 25-29 aprel kunlari Koreya respublikasi poytaxti Seul shahrida bo‘lib o‘tgan «Invest in Uzbekistan» biznes forumi doirasida, Koreya davlat organlari, kompaniya va bank-moliya institutlari vakillari bilan bir qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazgan.
Xususan, O‘zbekiston Milliy banki boshqaruvi raisi Koreya Eksimbanki prezidenti Li Duk Xun bilan uchrashgan. Muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Eksimbanki (Koreya eksport-import banki) o‘rtasida strategik hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama etishgan.
Umuman, forum davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida yig‘ilishlar tashkil etilgan: «Neftegaz, kimyo va energetika sohasi», «Elektrotexnika sohasi, mashinasozlik va qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati», «Yengil sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasi», «Bank-moliya sektori va sug‘urta xizmatlari».
Biznes forum natijalariga ko‘ra, o‘zbek va koreys kompaniyalari o‘rtasida qator kelishuvlar imzolangan. Ularga muvofiq, koreys biznesi vakillari o‘zbek aksionerlik jamiyatlari nizom jamg‘armalarida ishtirok etishadi.