Jahon | 13:54 / 18.05.2016
3847
2 daqiqa o‘qiladi

Almazbek Atambayev Qirg‘iziston Respublikasining Byudjyet kodeksini imzoladi

16 may kuni Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev 2016 yilning 6 aprelida Jo‘qorg‘u Keneshi tomonidan qabul qilingan Qirg‘iziston Respublikasining byudjyet kodeksini imzoladi. Hujjat 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab kuchga kiradi. 

Byudjyet kodeksi o‘nta asosiy bo‘limdan iborat bo‘lib, unda mamlakatning moliyaviy boshqaruv sohasida yuzaga keladigan huquqiy boshqaruv asoslari belgilab berilgan. 

Byudjyet kodeksi byudjyet tizimi tamoyillarini mustahkamlaydi, ularning mazmun-mohiyatini ochib beradi, shuningdek byudjyet tizimi prinsiplari avvallari byudjyet qonunchiligida ko‘rib chiqilmagan tamoyillar ro‘yxatini ham o‘z ichiga oladi. 

Qirg‘izistonning byudjyet tizimi Respublika byudjyeti, QR Ijtimoiy jamg‘arma byudjyeti, Majburiy tibbiy sug‘urta jamg‘armasi byudjyeti va mahalliy byudjyetlardan iborat. 

Byudjyet kodeksi loyihasining 6-moddasiga binoan QR Byudjyet tizimi 9ta tamoyilga asoslangan: birlik, to‘liqlik, natijaviylik va samaradorlik, ustuvor tartib, ketma-ketlik, mustaqil byudjyetlar, mas'uliyat, oshkoralik va byudjyet mutanosibligi. 

Qirg‘iziston Respublikasining Byudjyet kodeksi loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqishda boshqa ilg‘or mamlakatlarning xalqaro tajribasi o‘rganib chiqildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish