Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadadagi o‘rmon yong‘ini neftchilar shaharchasini kulga aylantirdi
Kanadaning shimoliy-sharqida joylashgan Albert provinsiyasida yuz berayotgan yong‘in natijasida neftchilar shaharchasi yonib ketdi. Bu haqda 18 may kuni SVS telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, gap Bleksends-Eksekyutiv-Lodj aholi turar-joyi haqida bormoqda. Bu yerda hududda faoliyat olib boruvchi neft kompaniyasida ishlovchilarning 665 xonadoni joylashgan edi.
Avvalroq bu yerdan neft kompaniyasining sakkiz ming nafar xodimini ko‘chirishga to‘g‘ri kelgani haqida xabar berilgan edi. Umumiy xavf ostida 19 ta ana shunday shaharcha qolmoqda, deyiladi berilayotgan ma'lumotlarda. Neft kompaniyalariga esa, o‘rmon yong‘inlari xavf solmayapti, chunki ular bir necha kilometrli xavfsizlik zonalari bilan o‘ralgan.
Albert provinsiyasidagi o‘rmon yong‘inlari 1 maydan beri davom etmoqda. 3 maydan e'tiboran u yerdan 30 ming nafarga yaqin aholi ko‘chirilgan. Eng ko‘p zarar ko‘rgan shahar sifatida Fort-Mamyurrey deb ma'lum qilinmoqda.
Yong‘in natijasida kelib chiqqan moddiy talafot o‘rganildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, uning miqdori 9 mlrd kanada dollariga (7,8 mlrd AQSh dollari) yetgan.