Jamiyat | 21:27 / 18.05.2016
9646
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hisobot berdi

18 may kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda oliy ta'lim tizimida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2013 yil 27 iyun “O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-1989-son qarori yuzasidan vazirlikka yuklatilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. 

Jurnalistlarga berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, oliy ta'lim muassasalari rasmiy veb-saytlari orqali 10ta interaktiv xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

Interaktiv xizmatlarni ko‘rsatish holati tahlillari shuni ko‘rsatdiki, xizmatlar soni 2014 yildagi sondan ikki baravarga oshgan.

Vazirlikning markaziy apparatida yaratilgan “JFC” dasturi asosida hujjat almashish va topshiriqlar nazoratini yuritish yo‘lga qo‘yilgan, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari bilan elektron hujjat almashinuv “e-xat” himoyalangan elektron pochta tizimi orqali amalga oshiriladi.

Foto muallifi: Madina Nurman