Jahon | 11:17 / 18.05.2016
2940
1 daqiqa o‘qiladi

Shri-Lankadagi ko‘chki sodir bo‘lgan hududda 13 kishining jasadi topildi

Xalqaro Qizil xoch hamjamiyatining ma'lum qilishicha, Shri-Lankada sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida o‘n uch kishi halok bo‘lgan.

"Ayni damda ko‘chki ostidan o‘n uch nafar kishining jasadi olib chiqilgan ", — deyiladi tashkilot bergan ma'lumotda.

18 may tongida Kegalle okrugida joylashgan qishloqlardan birida ko‘chki sodir bo‘lib, bir qancha turar-joy binolari uning ostida qoldi. Falokat yuz bergan joy butunlay ko‘chki ostida qolgani bois, uning ostida qolganlar hisobi aniq emas. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ko‘chki ostidan 180 nafar kishini olib chiqishga muvaffaq bo‘lingan, yana 200 oilani qidirish ishlari olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish