Sport | 21:26 / 18.05.2016
5027
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent viloyatida regbi bo‘yicha osiyo chempionati boshlandi
Toshkent viloyatidagi “Do‘stlik” stadionida regbi-15 bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionatining ikkinchi divizion bahslari boshlandi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Mazkur musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston regbi federatsiyasi va Osiyo regbi uyushmasi (ARFU) hamkorligida tashkil etildi.
Mazkur divizionda O‘zbekiston, BAA, Guam va Tailand terma jamoalari g‘oliblik uchun bahslashmoqda. Unda g‘olib bo‘lgan jamoa birinchi divizionga chiqish imkonini beradigan pley-off musobaqalarida qatnashadi.