O‘zbekiston | 12:14 / 18.05.2016
36132
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning eng yetakchi sug‘urta kompaniyalari

2016 yilning birinchi choragi davomida bozorda sug‘urta kompaniyalarining yuqori ish faolligi kuzatildi. 29ta sug‘urta kompaniyasidan 25tasi sug‘urta mukofotini yig‘ishda ijobiy natijalarga erishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida sug‘urta mukofotlari hajmidan kelib chiqib, bozorda 1-o‘rinni "O‘zagrosug‘urta" AJ (19 foiz), 2-o‘rinni "O‘zbekinvest" (13,5 foiz) va 3-o‘rinni "Kafolat sug‘urta kompaniyasi" (10,1 foiz) egalladi.

Shuni ta'kidlash joizki, mazkur kompaniyalar uzoq vaqt davomida bozorda yetakchilik qilib kelmoqda. 

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlardan "Alfa Invest" (7,7 foiz) hamda "Alskom" (5,5 foiz) sug‘urta kompaniyalari joy olgan.

O‘z navbatida keyingi o‘rinlarni "Kapital Sug'urta", "Gross Insurance", "Asia Inshurans", "O'zbekinvest Hayot" sug‘urta kompaniyalari zabt etgan. Ilg‘orlarning birinchi o‘ntaligiga "Ingo-O‘zbekiston" kompaniyasi yakun yasaydi.

Bozordagi uch yetakchi sug‘urta kompaniyasining konsentratsiya darajasi 43,6 foizni tashkil etadi. Ilg‘or beshta kompaniya bo‘yicha mazkur ko‘rsatkich 55,7 foiz, yetakchi o‘nta kompaniya bo‘icha esa 78,4 foizdan iborat. TOP-10 ro‘yxatiga kirmagan sug‘urta kompaniyalarining ulushi 0,02 foizdan 3,2 foizni tashkil etadi.