Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eyfel minorasida yashashga ruxsat beriladi
Parijdagi Eyfel minorasida birinchi marotaba yashashga ruxsat beriladi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Mashhur joyda iyunda – Fransiyada o‘tadigan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati vaqtida joylashish mumkin bo‘ladi.
HomeAway kompaniyasi minoraning birinchi qavatining bir qismini apartamentlarga aylantiradi. U yerda 19 mayda boshlanadigan tanlovning 4 nafar g‘olibi yashaydi.
Xonaning oynalaridan Parij, jumladan Triumfal arka, Sakre-Kyor bazilikasi va Sena daryosi manzaralarini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
HomeAway rahbari Brayan Sharplz ushbu aksiyani "misli ko‘rilmagan" deb atadi. U mehmonlarga "ta'til haqida katta xotiralar" kafolatlanishini ta'kidlab o‘tdi.
Avvalroq Eyfel minorasi TripAdvisor turistik portali versiyasi bo‘yicha 12 ta eng diqqatga sazovor joy ro‘yxatiga kirgani ma'lum qilingandi.