Sport | 10:54 / 19.05.2016
4189
2 daqiqa o‘qiladi

Emeri: Yevropa Ligasiga muhabbatim zo‘r, bu bizning turnir

«Sevilya» bosh murabbiyi Unai Emeri Yevropa ligasi finalida «Liverpul» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (3:1) fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bu g‘alabadan keyin o‘xshashi yo‘q hissiyotlarni boshdan kechirdim. Endi biz bu g‘alabadan rohatlanishimiz mumkin, lekin unutmasligimiz kerakki, bizni yana bir final kutmoqda (Yevropa Superkubogi - tahririyat).

Nam udalos xorosho podgotovitsya k matchu s psixologicheskoy tochki zreniya, my ponimali, chto dobralis do ochen vajnoy stadii turnira.

«Liverpul»da ajoyib tarkib yig‘ilgan, ular birinchi bo‘limda hisobni ochishganidan keyin juda zo‘r o‘ynay boshlashdi. Lekin biz ham javob golini urganimizdan keyin shunday zo‘r o‘ynadik.

Men muxlislarimiz uchun xursandman. Ularga qoyil qolmay iloj yo‘q, bizga o‘z uyimizda o‘ynayotgan kabi o‘ynash imkonini berishdi.

Barcha ispan jamoalari katta ishtiyoq va ehtiros bilan o‘ynashadi. Biz Yevropa Ligasini sevamiz. Bu bizning turnirimiz!

Yevropa Ligasi bizga ko‘p narsa berdi. Aytish mumkinki, biz finalga chiqqanimizdayoq katta xursandchilik qilgandik, endi bu quvonchimiz ikki barobar ortdi. Hal qiluvchi vaziyatda biz oldinga bordik, bu bizning eng yaxshi o‘yin uslubimiz», – deydi Emeri.