Jahon | 06:44 / 19.05.2016
3403
1 daqiqa o‘qiladi
Garvard talabalari bomba haqidagi xabar tufayli evakuatsiya qilindilar
AQShning Garvard universiteti talabalari bomba borligi haqidagi anonim xabarlardan keyin evakuatsiya qilindilar. Bu haqda ta'lim muassasasi saytida ma'lum qilindi.
"Politsiya Garvard biznes maktabi kampusi hududidagi bir nechta binolar portlash tahdidi haqidagi xabardan keyin evakuatsiya qilindi", deyilmoqda xabarda.
Evakuatsiya qilinganlardan xavfsiz joylarda qolish so‘raldi.
Ma'lum qilinishicha, 4 ta korpus evakuatsiya qilingan. U yerda tintuvlar o‘tkazilmoqda.