Jamiyat | 17:20 / 19.05.2016
2977
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada 1,8 km uzunlikdagi pitssa pishirildi

Italiyaning Neapol shahrida 1,8 kilometrli pitssa tayyorlandi. Bu haqda The Local xabar qildi.

Bu yangi jahon rekordi hisoblanadi. Avvalgi rekord 2015 yili Milanda o‘rnatilgan. Uning uzunligi 1,6 kilometr edi. 

Yangi rekord pitssa uchun 2 ming kilo un, 1,6 ming kilo pomidor, 2 ming kilo motsarella, 200 litr o‘simlik moyi hamda 30 kilo rayhon ishlatildi. Taomni tayyorlashda butun dunyodan 250 nafar ekspert ishtirok etdi. 

Pitstsani taxminan 6 soatu 11 daqiqa davomida tayyorlashgan. Keyin uni bo‘laklarga bo‘lib, turli xayriya tashkilotlariga taqdim etishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish