Light | 00:55 / 19.05.2016
9119
2 daqiqa o‘qiladi

Quyosh bilan birgalikda aylanuvchi uy

Kunning qaysi pallasi – ertalab, tushlik yoki shom bo‘lishidan qat'i nazar uyingiz derazalari doim quyosh nuri taralayotgan tomonga qarab turishini istaganmisiz? PATH Architecture dizayner va arxitektorlar guruhi noyob kichik uycha yaratishdi.  359 deb nomlanuvchi bu uyni hattoki yosh bola ham kerakli yo‘nalishga osongina aylantirishi mumkin. Loyiha bo‘yicha ikki qavatli bino 3.6x3.6 m hajmdagi 144 kv.m. umumiy maydonga ega. Uyning old qismi katta shisha oynalar bilan jihozlangan. Binoning birinchi qavatida oshxona uchun joy, ixchamgina mehmonxona,  dush va hojatxonaga ega sanuzel mavjud. Yotoqxona ikkinchi qavatda joylashgan bo‘lib, biroq bu yerni ofis yoki o‘yin xonasi sifatida jihozlash ham mumkin. 

Hozirda kompaniya uyning navbatdagi talqini ustida ish olib bormoqda. Unda umumiy kanalizatsiya tizimiga ulanishni talab etmaydigan biotualet hamda quyosh paneliga ega tom o‘rnatilgan bo‘ladi.