Misr hukumati: A320 bilan bog‘liq vaziyat yaqin kunlarda oydinlashmaydi
Misr aviatsiya vazirligi EgyptAir aviakompaniyasi samolyoti bilan bog‘liq barcha ma'lumotlar yaqin kunlar ichida ma'lum qilinishi ilojsizligini bildirdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi Misr Fuqarolik aviatsiyasi vaziri Sharif Fathining Qohirada o‘tkazilgan matbuot anjumanidagi bayonotiga asoslanib xabar bergan.
"Hozir hodisa sabablari haqida ma'lumot kutmang. Yaqin kunlarda tekshiruvlar davom etadi", degan u.
Samolyot «Sharl-de-Goll» aeroportidan Parij vaqti bilan 23:09 da (Toshkent vaqti bilan 2:09) parvoz qilgan va Qohiraga mahalliy vaqt bo‘yicha 3:05 (Toshkent vaqti bilan 06:05) da yetib kelishi kerak edi. U Qohira vaqti bo‘yicha 3:45 da radarlardan g‘oyib bo‘lgan.
Ko‘p o‘tmay Misr Fuqarolik aviatsiyasi EgyptAir samolyoti halokatga uchraganini tasdiqladi.
Samolyot Misr qirg‘oqlaridan 280 km shimolda halokatga uchragani aytildi.