O‘zbekiston | 20:07 / 19.05.2016
9959
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyatida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” deb nomlangan festival o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab Navoiy viloyatida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” do‘stlik va madaniyat festivali o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Baynalmilal madaniyat markazi, Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda viloyatdagi milliy madaniyat markazlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, keng jamoatchilik  va yoshlar ishtirok etdi.

Navoiy viloyatida 9 milliy madaniyat markazi faoliyat yuritib, turli millat vakillarining o‘z tili, urf-odati, an'ana va qadriyatlarini asrab-avaylash, boyitish va rivojlantirishga  xizmat qilayotir.

Festivalda milliy madaniyat markazlari badiiy jamoalari ijrosida Vatan, istiqlol, tinchlik, do‘stlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.