Jahon | 08:36 / 19.05.2016
16929
1 daqiqa o‘qiladi

Parijdan Qohiraga uchayotgan EgyptAir samolyoti radarlardan yo‘qolib qoldi

Misrning EgyptAir aviakompaniyasiga tegishli A320 rusumli yo‘lovchi samolyoti Parij shahridan Qohiraga reysni amalga oshirish chog‘ida radarlardan yo‘qolgan. Bu haqda aviakompaniya tvitterida ma'lum qilingan.

Ma'lum qilinishicha, avialayner Fransiya poytaxtidan mahalliy vaqt bilan 18 may kuni soat 23:09da (Toshkent vaqti bilan 19 may kuni soat 03:09da) havoga ko‘tarilgandi.

Bort raqami MS804 bo‘lgan bu samolyotda 59 nafar yo‘lovchi va ekipajning 10 nafar a'zosi bo‘lgan.

Samolyot Misrga qo‘nishiga 15 daqiqacha qolganida (80 millik masofa) radardan yo‘qolgan. Bu vaqtda samolyot 27 ming fut balandlikda bo‘lgan (11 ming m).

Oxirgi marta samolyot Afinadagilar bilan aloqaga chiqqani aytilmoqda.

Samolyot qulab tushishi ehtimol qilingan hududga maxsus guruhlar yuborilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish