Jamiyat | 18:10 / 19.05.2016
6253
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada sud ijrochilari nonlar orqali qarz haqida yodga solmoqda

Rossiyaning Astraxon viloyati sud ijrochilari federal xizmati (SIFX) respublika aholisining qarzi haqida non o‘ramlarida eslatmalar chiqara boshlashdi, deya xabar beradi "Rossiyskaya gazeta". 

Nazorat boshqarmasi qarzdorlarni shu yo‘l bilan xabardor qilish haqida mahalliy novvoyxonalardan birining rahbari bilan kelishib olgan. Non o‘ramlarida "O‘z qarzlaring haqida bilib ol" deb yozilgan eslatma joylangan.

"Non sotib olayotgan kishi ma'lumotlar bazasi joylashtirilgan sayt manzili ko‘rsatilgan qog‘ozni  ham qo‘lga kiritadi va sud ijrochilari xizmati saytiga kirib, unga nisbatan tartibot ishlari bor yoki yo‘qligini bilib oladi. Qarzni darhol to‘lash mumkin. Saytning "Servis" bo‘limida elektron tizim orqali to‘lovni amalga oshirish variantlari taqdim etilgan", - deya ma'lum qilishdi SIFXda.

SIFX jami 2 mingdan ortiq mana shunday "xabarli non o‘ramlari"ga buyurtma berdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish