JVJ Iroqni uch yillik kreditlash dasturini e'lon qildi
Xalqaro valyuta jamg‘armasi Iroqqa uch yillik muddatga 5,4 mlrd dollarlik kredit liniyasini ochishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda AP.
XVJ bayonotiga ko‘ra, Iroq iqtisodiyoti neft narxining keskin pasayishi sababli ziyon ko‘rdi.
"Narxlarning pasayishi to‘liq neft sotishdan olinadigan daromadlardan moliyalashtiriladigan mamlakat milliy byudjyetiga ziyon yetkazdi", deyilmoqda xabarda.
2014 yildan IShID tomonidan Iroqning katta hududining bosib olinishi Iroqning jangarilarga qarshi kurashga katta pullar sarflashga majbur qilib, iqtisodiy pasayishini yanada chuqurlashtirdi.
Ayni vaqtda Iroq byudjyeti 20,5 mlrd dollarlik defitsit bilan 90 mlrd dollarni tashkil qiladi. Iroq hukumatida sarf-xarajatdagi tavofutni mahalliy va xalqaro kreditorlar hisobiga qisqartirishga umid qilinmoqda.