Light | 08:28 / 20.05.2016
18177
5 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng hashamdor temiryo‘l yo‘nalishlari

Keyingi paytda uzoq davom etuvchi temiryo‘l sayohatlari keng ommalashmoqda. Kundan-kunga kompaniyalar mijozlariga nafaqat oynadan go‘zal manzaralarni tomosha qilib ketishni, balki vagonlarda yaratilgan hashamat imkoniyatlardan zavqlanishni ham taklif etmoqdalar. Marhamat ana shunday yo‘nalishlar bilan tanishing.

The Venice Simplon Orient-Express: London — Venetsiya.

Dunyodagi hech bir poyezd Agata Kristining «Sharqiy ekspressdagi qotillik» romanida tasvirlanganVenice Simplon Orient Expressdagi kabi romantika va sarguzashtlar ruhiga ega emas. Ushbu yo‘nalish hali ham Yevropaning fusunkor manzaralari va afsonaviy London, Parij, Verona va Venetsiya shaharlari orqali qatnaydi.  

Aksariyat yo‘lovchilar tungi London — Venetsiya yo‘nalishidan foydalanadilar, lekin Italiyadan yo‘lga chiqqanlar Parijda poyezdga qutilar yuklanayotganini ko‘rishlari mumkin. Qutilar omarlar bilan to‘la bo‘lib, ular poyezd restoranida yo‘lovchilarga taom sifatida tortiladi.

«Zolotoy oryol» ekspressi: Moskva — Vladivostok

Tajribali sayyohlar agar Transsibir ekspressida sayohat qilmagan bo‘lsangiz u holda temiryo‘l sayohati haqida hech nima bilmasligingizni aytishadi. Bu sayohat roppa-rosa sakkizta soat mintaqasini qamrab oladi.

«Zolotoy orel» — vanna xonalari, yozda salqin, qishda issiq iqlimni ushlab turuvchi konditsioner tizimi, televizorlar, kirxona xizmati, pianinochi va ingliz tilida gapiruvchi shifokori bor espressdir. Ushbu qulayliklar tufayli ikki haftalik yo‘l kruizdek o‘tadi. Bundan tashqari, poyezd har kuni ekskursiyalar uchun to‘xtaydi: yo‘nalish Qozon, Yekaterinburg, Baykal ko‘li va Mongoliya poytaxti orqali o‘tadi.

«Moviy poyezd»: Pretoriya — Keyptaun

27 soat davomida poyezd peresekayet Janubiy Afrika bo‘ylab 1600 kilometr masofani bosib o‘tadi. 

Poyezd hashamati xizmatchilar mulozamati bilan uyg‘unlashib ketgan, ular 24 soat davomida yo‘lovchilar xizmatida bo‘lishadi. Ayrim nomerlarda jakuzilar o‘rnatilgan, har bir xonada keng yotoqxona, konditsioner, mini-bar, seyf va vanna xonasi joylashgan. Bir paytlar Margaret Tetcher, Nelson Mandela va Kayli Minoug ushbu poyezd yo‘lovchilari bo‘lishgan.

«Gan»: Adelaida — Darvin

Afg‘on tuyaboqarlari sharafiga nomlangan Avstraliyadagi yo‘nalish. «Gan» — bu uch tun va Darvindan Adelaidagacha bo‘lgan 2979 kilometr masofa. Mamlakatdagi eng uzun poyezd (1009 m) yo‘lovchilari Avstraliyaning o‘ziga xos manzaralaridan bahramand bo‘lgan holda butun qit'ani kesib o‘tishadi. Platinum kupesida ikki o‘rinli karavotlar va vanna xonalari taklif qilinadi. Devorlarga yog‘och panellar qoplangan. Ichimlik va ovqat keltirishga hamisha tayyor styuardlar yo‘lovchilar xizmatida. Menyuda mahalliy oshxonaning o‘ziga xos taomi mavjud: barramundi dengiz balig‘i va kenguru filesi.

Rovos Rail: Janubiy va Sharqiy Afrika

U «Moviy poyezd»ga nisbatan sekinroq yuradi, lekin JAR, Zimbabve, Namibiya va Tanzaniyaning ovloq hududlarida o‘tadi. Rovos Railning muhtasham kupelari uzoq sayohatning ajralmas qismidir.Poyezd hech qachon tezligini soatiga 60 kilometrdan oshirmaydi, yo‘lovchilar oynalarni ochib qo‘yib go‘zal manzaralarni tomosha qilib ketishlari mumkin. Yo‘nalish ko‘ngilochar dasturlarga to‘la: Pretoriyadan Dor-us-Salomga ohista sayohat, Namibiyadagi safari va golf-turlar 2017 yilgacha bronlangan.  

Ana shunday yo‘nalishlar qatoriga Banf milliy parkidan Vankuverga boradigan Kanadaning Rocky Mountaineer; «Qirollik shotlandi» — Shotlandiyaning Daunton abbatligidan o‘tuvchi yo‘nalish; Torontodan Vankuverga 4466 kilometr yo‘l bosuvchi «Kanadalik»; Dehlidan Mumbayga qatnovchi muhtasham «Maxaroja ekspressi»; Ispaniyaning Transcantabrico Gran Lujo: San Sebastyan — Santyago-de-Kompostela; «Kyusyudagi yetti yulduz» — Yaponiyaning Kyusyu oroli bo‘ylab ikki kun yuruvchi 14ta lyuks vagondan iborat yo‘nalishlarni kiritish mumkin.