Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatida 31 mingdan ortiq o‘quvchi yozgi ta'tilni oromgohlarda o‘tkazadi
Sog‘lom ona va bola yilida Farg‘ona viloyatida 31 mingdan ortiq o‘quvchi yozgi ta'til kunlarini oromgohlarda mazmunli va maroqli o‘tkazadi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Joriy mavsumda viloyatning shahardan tashqarida joylashgan 19 oromgohida 12 ming, ta'lim muassasalari qoshida tashkil etiladigan 107 kunduzgi bolalar oromgohida 19 mingdan ortiq o‘quvchining dam olishi rejalashtirilgan.
Quvasoy shahridagi “Kimyogar” oromgohida kapital ta'mirlash ishlari nihoyasiga yetkazilayotir. Bolalarning maroqli dam olishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Farg‘ona tumani Yoshlarobod qishlog‘i hamda Oltiariq tumani Qapchug‘ay qishlog‘idagi oromgohlar ham joriy ta'mirdan chiqarilayotir. Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlaridagi Mehribonlik uylari tasarrufidagi “Nafosat”, “Mehnat-rohat”, Quvasoy shahridagi “Nihol”, “Rohat”, Qo‘qon shahridagi “Koinot”, Farg‘ona tumani Xonqiz qishlog‘idagi “Tong” oromgohlari mavsumga shay holatga keltirildi.