Jamiyat | 22:16 / 20.05.2016
5825
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada yengil motorli samolyot kalxat bilan to‘qnashgandan keyin qulab tushdi

Ispaniyaning Navarra viloyatida yengil motorli samolyot kalxat bilan to‘qnashgandan keyin falokatga uchradi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Ta'kidlanishicha, to‘qnashuv oqibatida samolyotdagi uch kishi halok bo‘lgan. 

Navarra viloyati hokimiyatida ikki kishi va bir ayol halok bo‘lgani ma'lum qilindi. Hukumat vakillarining aytishicha, samolyot Portugaliyaning Koimbra shahridan Fransiyaning janubida joylashgan Daks shahriga uchib ketayotgan bo‘lgan. 

Mahalliy hukumatning ta'kidlashicha, samolyot qulayotgan paytda ikkita turar-joy binosi orasidan o‘tganiga qaramasdan shahar aholisidan hech kim jabrlanmagan.  

Avvalroq AQShning Nyu-Gempshir shtatida ikki kishisi bor Vans RV-8 rusumidagi yengil motorli samolyot bug‘u bilan to‘qnashib, to‘ntarilib ketgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish