Jamiyat | 01:08 / 20.05.2016
12687
1 daqiqa o‘qiladi

Mariya Zaxarova Sochidagi sammit chog‘ida baland poshnada «Kalinka»ga raqsga tushdi

Rossiya Federatsiyasi TIV rasmiy vakili Mariiya Zaxarova Sochidagi Janubi-sharqiy davlatlar assotsiatsiyasi (ASeAN) sammitida «kalinka»ga raqsga tushdi.

«Komsomolskaya pravda» gazetasi jurnalisti  Dmitriy Smirnov ushbu holat aks ettirilgan videoni joylashtirdi.
«Zaxarova brifingda kalinkaga o‘ynashga va'da bergan edi va so‘zining ustidan chiqdi», - deydi Smirnov. 

Zaxarova matbuotga rus milliy raqslarini ko‘rsatib berish niyati borligi to‘g‘risida avvalroq ogohlantirgan edi. Shu bilan birga TIV vakili sharqona uslubda kiyingan edi: «Sammit - Janubi-sharqiy davlatlarga tegishli bo‘lsa-da, osiyolik jurnalist-hamkasblarni xursand qilgim keldi», — deya izoh berdi Zaxarova.
ASeAN sammiti Sochida 19-20 may kunlari o‘tkaziladi. Rossiya 1996 yilda ASeAN a'zosiga aylangan va joriy yilda bu hodisaga 20 yil to‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish