Jahon | 18:18 / 20.05.2016
7188
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiya tashqi qarzini dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan ekanini bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat tomonidan inqirozga qarshi ko‘rilgan chora-tadbirlar evaziga mamlakat tashqi qarzlari dunyo bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlarni saqlab qolganini e'lon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi. 

“Alohida ta'kidlayman, bizning iqtisodiyotimiz salbiy tashqi kon'yunktura sharoitlarida o‘z barqarorligini isbotladi. Shu munosabat bilan Rossiya Federatsiyasi hukumatining inqirozga qarshi chora-tadbirlari iqtisodiyot asosiy sektorining qo‘llab-quvvatlanishi hamda moliya bozorining barqarorligini ta'minladi. Ishsizlik darajasining past – 6 foizdan kam ko‘rsatkichi, tashqi qarzning mo‘'tadil hajmi – jahon bo‘yicha eng kam tashqi qarzlardan biri va savdo balansining profitsiti saqlab qolindi – 2015 yilda 160 milliard dollar”, - ma'lum qildi prezident.