Jahon | 16:33 / 20.05.2016
3622
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada "Ishga velosipedda" aksiyasi o‘tkazilmoqda

Bugun 20 may kuni Moskva va Rossiyaning boshqa shaharlarida "Ishga velosipedda" aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqida TASS axborot agentligi ma'lum qildi.

Tashkilotchilar velosipedda sayohat uyushtirish, tanlovlarda ishtirok etish, maxsus takliflardan foydalanish va ertalabki avtomobillar tirbandligini har bir insonga bolalikdan tanish bo‘lgan huzurbaxsh tuyg‘uga almashtirishga sharoit yaratishdi. 

Aktsiya ilk marotaba 2014 yilda Moskvada o‘tkazilgan. 2016 yilda esa Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Voronej, Krasnodar, Astraxan, Bryansk, Magadan, Vladivostok, Novosibirsk, Kursk, Tyumen kabi shaharlar poytaxtdan ibrat olishdi. 

Poytaxtning transport boshqarmasida bugun aksiya qatnashchilari uchun shahar velosiped ijarasi xizmatlarida maxsus tariflar yo‘lga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berildi, ba'zi velosiped ustaxonalari, kafe va go‘zallik salonlari velosipedda tashrif buyurgan kishilar uchun chegirmalar taqdim etmoqda. 

Vladimir viloyati administratsiyasining matbuot xizmatida gubernator Svetlana Orlova "Ishga velosipedda" aksiyasini qo‘llab-quvvatalayotganini bildirishdi. 

Novgorod viloyati gubernatori Sergey Mitin mintaqaviy hukumat majlisiga ikki g‘ildirakli baykda kelganini uning matbuot kotibi Yelena Pilosova ma'lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish