O‘zbekiston | 12:35 / 20.05.2016
6228
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zagroeksport» 1,374 mlrd dollarlik eksport shartnomalari imzoladi

«O‘zagroeksport» maxsus tashqi savdo kompaniyasi joriy yilning 11 may kuni, meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish borasida xorijlik hamkorlar va tayyorlov korxonalari bilan 176 ta uzoq va qisqa muddatli shartnoma imzoladi. 

Shartnomalarning umumiy qiymati 1,374 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Ushbu kelishuvlar doirasida, «O‘zagroeksport» O‘zbekistonda yetishtirilgan  1,276 mln tonna meva-sabzavot mahsulotini eksport qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, «O‘zagroeksport» maxsus tashqi savdo kompaniyasi 2016 yil aprelida tashkil etilgan edi. 

Korxona «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi tarkibida tashkil etilgan bo‘lib, mamlakat eksport salohiyatini oshirish hamda mahsulotlarni eksportga yo‘naltirishda zamonaviy savdo-logistika infratuzilmalarini rivojlantirishga turtki berishi ko‘zda tutilgan

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish