Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek aktyorlari Farg‘onada qonunbuzar sotuvchini "qo‘lga olishdi"
Xonanda Saida o‘zining Instagram sahifasiga Farg‘onadagi voyaga yetmagan bolalarga spirtli ichimlik va sigareta mahsulotlari sotayotgan do‘konda tasvirga olingan videoni joylashtirdi.
Mazkur video “Kamolot” YoIH tomonidan tashkil etilgan “Vijdonli sotuvchi” aksiyasi chog‘ida tasvirga olingan.
“Biz 18 yoshga to‘lmagan bolalarga sigaret va spirtli mahsulotlar sotayotgan do‘konga kiryapmiz. Sotuvchi bilan suhbatlashyapmiz. Tasavvur qiling, agar bu bola uning farzandi bo‘lsa, bu sotuvchi o‘z farzandi yoki nabirasiga spirtli mahsulotni sotgan bo‘larmidi?”, - deb yozadi bolalar kelajagidan xavotir olgan xonanda.
Bu video Instagram’da katta mulohazalarga sabab bo‘ldi. Tarmoq foydalanuvchilari xonandaning fikriga qo‘shilib, mazkur aksiyaning jamiyat hayotida nechog‘lik ahamiyatli ekanligini qayd etishmoqda.